Rostislav Semenchenko: "Oldinda bizni bundan-da murakkab o'yin kutib turibdi"

Оқил Абдубарноев
25 sen 2024, 01:11
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finalida Niderlandiyaga qarshi o'yindan so'ng (3:1) Ukraina a'zosi Rostislav Semenchenko saytimizga intervyu berdi.

"Qiyin o'yin o'tkazdik. Bunday nufuzli turnirda ishtirok etishimizda yordam berayotgan muxlislarimizga, qolaversa, vatan himoyachilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu butun Ukrainaning g'alabasi.

Oldinda bizni bundan-da murakkab o'yin kutib turibdi. Chorak finaldagi raqibimiz aniq bo'lgach, ularni tahlil qilamiz va reja tuzamiz", dedi Semenchenko.

Eslatib o'tamiz, Ukraina chorak finalda Ispaniya - Venesuela juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia