Rossiya va Kot-d’Ivuar terma jamoalari 24 mart kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi
Aslanov Jasurbek
8 fev 2017, 18:14
Rossiya futbol ittifoqi 2017 yilning 24 mart kuni "Krasnodar" klubi stadionida Rossiya hamda Kot-d’Ivuar terma jamoalari o'rtasida nazorat bahsi o'tkazilishini e'lon qildi.
Uchrashuv boshlanish vaqti keyinroq ma'lum qilinadi.
Rossiya terma jamoasi ushbu stadionda 9 oktyabr kuni Kosta-Rika bilan o'yin (3:4) o'tkazishga ulgurgan. O'sha uchrashuvni o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqargan edi.