Rossiya terma jamoasi: "Sardor Azmun? Yo'q, Magomed Ozdoev"

Eldor Akmurzayev
13 okt 2019
Ayni daqiqalarda Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Kipr – Rossiya bahsi bo'lib o'tmoqda.

 Uchrashuvning 22 daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi  Magomed Ozdoev raqib darvozasini ishg'ol etdi. Ushbu goldan keyin Rossiya terma jamoasining twitter'dagi rasmiy sahifasi hazil tariqasida Sardor Azmunning nomini keltirib, so'ngra, Ozdoev gol urgani haqida xabar berdi. 

Gap shundaki, mamlakatning taniqli sport translyatsiyalarini amalga oshirib keluvchi MATCH TV kanalining rahbari Tina Kandelaki Shotlandiya ustidan qozonilgan yirik (4:0) g'alabadan keyin Ozdoevni Azmunga adashtirib qo'ygandi. Keyinchalik u xatosini tan olgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/TeamRussia