Rossiya Superkubogini MDH davlatlarining birida o'tkazish taklifi berildi

Eldor Akmurzayev
16 yanv 2020
RPL marketing bo'limi rahbari Evgeniy Savin so'zlariga ko'ra, Rossiya Superkubogini o'z xududida o'tkazish uchun liga rahbariyatiga MDH davlatlari tomonidan taklif bildirilgan.

“Agar tijorat hamda marketing nuqtayi nazaridan yaxshi taklif tushsa, buni ko'rib chiqamiz. Hozircha Superkubok uchun bahs xorijda bo'lish-bo'lmasligi borasida aniq bir qarorga kelinmagan. Turli mamlakatlar, shu jumladan, MDH davlatlaridan ham takliflar tushgandi ammo ular bizni qanoatlantirmadi”, – deydi Savin.

Eslatib o'tamiz, Superkubokning amaldagi g'olibi Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi hisoblanadi. Ushbu titul uchun bellashuv esa 2003 yildan buyon muntazam tarzda o'tkazib kelinadi.  


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ТАСС