Rossiya kubogi. “Lokomotiv” va “Arsenal” keyingi bosqich masalasini hal etishdi

Rossiya kubogi 1/8 finali doirasida “Lokomotiv” klubi o'z maydonida “Enisey”ni mag'lub etdi.

Mezbonlarning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topgan bahsda Anton Miranchuk “dubl” qayd etgan bo'lsa, Aleksey Miranchuk va Eder ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishdi. “Enisey” safida Aleksandr Kutin gol urishga erishdi.

“Lokomotiv” chorak finalda “Rubin” bilan kuch sinashadi.

Ushbu bosqichning yana bir bellashuvida “Arsenal” (Tula) safarda to'p tepishiga qaramay “Axmat”dan ustun keldi. Har ikkala bo'limda bittadan gol kiritgan mehmonlar amalda keyingi bosqich masalasini hal etishdi. 


Manba: championat.asia