Rossiya. Ashurmatov antiqahramonga aylangan uchrashuvda "Rubin" o'z maydonida mag'lub bo'ldi

Mirjalol Normatov
14 sen 2024
Rossiya chempionatining 3-turida "Rubin" o'z maydonida "Krilya Sovetov"ga mag'lub bo'ldi.

Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Rustam Ashurmatov 35-daqiqada o'z jarima maydonchasi ichida raqibini qo'pollik bilan yiqitgani uchun sariq kartochka oldi va penalti belgilanishiga sababchi bo'ldi. So'ngra o'zi ikkinchi bo'lim oldidan zaxiraga olindi. Volga derbisida "Krilya Sovetov" ishonchli hisobda g'alabaga erishdi.

Rubin – Krilya Sovetov 0:2

"Ak Bars Arena"

Gollar: 0:1 – 37, penalti Garre, 0:2 – 42 Oleynikov.

Rubin – Staver, Gricaenko, Ashurmatov (Nijegorodov, 46), Teslenko, Rojkov (Chuni, 46), Ivu, Zotov (Xoja, 84), Kabutov, Chumich (Ivanov, 69), Daku, Vada.

Krilya Sovetov – Pesyakov (Lomaev, 46), Pechenin, Gaponov, Evgenev, Beyl, Babkin (Vityugov, 59), Fernando, Garre (Dmitriev, 86), Oleynikov (Orozko, 78), Ejov (Cipchenko, 78), Sergeev.

Ogohlantirish: Ashurmatov (35), Pechenin (51), Fernando (67), Dmitriev (90+4).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia