Ronalduning tanqididan keyin MYU o'z bazasini yaxshilashga qaror qildi

Eldor Akmurzayev
13 fev 2023, 09:45
Bu haqda “Mirror” xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Manchester Yunayted” Karringtondagi mashg'ulot bazasini zamonaviy ko'rinishga keltirishni rejalashtirmoqda.

Qarorgoh hududida yangi sog'lomlashtirish majmuasi quriladi va u yerda futbolchilar yoga mashqlari bilan shug'ullanishadi. Potencial o'zgarishlar qatoriga Karringtonda turar-joy majmuasi qurilishi kiritilgan.

Qayd etish joizki, Krishtianu Ronaldu “qizil iblislar”ni tark etishidan oldin klub bazasi haqida tanqidiy fikrlar bildirgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mirror