Ronaldu: “Yuve” va “Inter” o'rtasidagi bahs “Barsa”- “Real” qarama-qarshiligiga o'xshash. Biz g'alaba qozonishni istaymiz”

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A seriya 26-turida doirasida “Inter”ga qarshi kechadigan bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Takidlash joiz, mazkur uchrashuv koronavirus epidemiyasi bois muxlislarsiz o'tkaziladi.

“Yuventus”-“Inter” to'qnashuvi xuddi “Real”- “Barsa” bahsiga o'xshaydi. “Milan” va “Lacio” jamoalariga qarshi o'yinlar ham ajoyib o'tgandi. Bunday o'yinlarda ishtirok etish yoqimli. “Inter” bilan ham  bizni ajoyib bellashuv kutib turibdi. Raqib fantastik jamoa va tajribali murabbiyga ega. Biz g'alaba qozonishga urinib ko'ramiz.

Muxlislarimizning stadionda bo'lmasligi biroz alamli holat, ammo biz har doimgidek jangovar holatda maydonga tushamiz. Biz uyda o'ynaymiz va kerakli natijani qo'lga kirita olamiz. Bu kabi muhim bellashuvni muxlislarsiz o'tkazish g'alati. Bu yoqimsiz holat, ammo sog'lik eng muhimi. Biz bu qarorga hurmat bilan qarashimiz kerak”, deydi portugaliyalik futbolchi.


Manba: Sky Sports Italia