Ronaldu: "Kechki soat 10 dan keyin bezovta qilmang"

Оқил Абдубарноев
15 may 2024
"Al Nassr" forvardi Krishtianu Ronaldu qatiy turmush tarziga amal qiladi.

Portugaliyalik yulduz intervyularidan birida kechki payt osoyishtalikni xohlashini ta'kidladi: "Men kechki soat 10-11 dan keyin muloqot qilishni xohlamayman. Hatto telefon qarshisiga yaqin yo'lamayman. Sababi, miyam dam olishi kerak. Shu bois, menga soat o'ndan keyin qo'ng'iroq qilmang", - dedi Ronaldu.

Krishtianu joriy mavsum 41 o'yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 42 marotaba ishg'ol qildi.

Avvalroq Ronalduning kuniga besh mahal uxlashi haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Bild