Ronaldu Jahon chempionatida qayd etgan xet-trikini yodga oldi

Оқил Абдубарноев
13 yanv 2023
Rossiyada bo'lib o'tgan JCH-2018'da portugaliyalik forvard Krishtianu Ronaldu Ispaniya darvozasiga uchta gol urgandi.

37 yoshli futbolchi o'sha to'qnashuv haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

"Ushbu bahs men uchun, umuman Portugaliya terma jamoasi uchun aql bovar qilmas hamda unutilmas lahza bo'lgandi.

O'sha xet-trik faoliyatimdagi eng yaxshisi bo'lganmi? Bitta o'yinda uchta gol urish o'ziga xos jarayon hisoblanadi. Rostini aytsam, ulardan birini tanlash qiyin”, - dedi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, Rossiyadagi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi Urugvayga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, 1/8 finalda musobaqa bilan xayrlashgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: LiveScore