"Ronaldu effekti": "Almeriya" Ispaniyaning eng ommabop klublari qatoriga kirdi

Sherzod Nurmatov
6 mar 2026
Segundada o'ynayotgan "Almeriya" Instagram'da Ispaniyaning eng mashhur klublari top-5 taligiga kirib oldi.

Klub obunachilari soni 3 milliondan oshdi.

Ikkinchi diviziondagi jamoaning bunday tez ommalashishi Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq: fevral oyida "Al-Nasr" forvardi "Almeriya" akciyalarining 25%ini sotib olib, klubning egalaridan biri bo'lgandi.

Shundan so'ng klub Ispaniyaning eng mashhur jamoalari qatoridan joy olib, obunachilar soni bo'yicha 3,7 million folloveri bor "Sevilya"ni quvib kelmoqda.

Instagram'da Ispaniyaning eng mashhur futbol klubi Madridning "Real"i hisoblanadi (181 mln obunachi). Ikkinchi o'rinda "Barselona" (146 mln), uchinchi pog'onada esa "Atletiko" (18 mln) joylashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Score 90