Ronaldu: "Al-Nasr" barcha sovrinlarni qo'lga kiritishga umid qilmoqda"

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2023
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.

Saudiya Arabistoni klubi Yaponiyaga yetib keldi va u erda PSJ va "Inter" bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

"Al Nassr" ilk bor Yaponiyada. Biz bu erda ekangilimizdan baxtiyormiz. Oldinda bizni 2 ta yaxshi o'yin kutib turibdi. Yapon xalqining futbolga bo'lgan qiziqishi yuqori, biz bu erga yaxshi shou ko'rsatish uchun kelganmiz.

Umid qilamizki, barcha sovrinlarni qo'lga kiritamiz. Bu qiyin bo'lishini bilamiz, lekin menimcha, bizda yaxshi jamoa, yangi murabbiy, yangi o'yinchilar bor va biz muvaffaqiyatli mavsumni kutmoqdamiz. Albatta, bu yil bir nechta sovrinlarni qo'lga kiritamiz degan umiddaman", – dedi Ronaldu.

Parijliklar bilan uchrashuv 25 iyulda, milanliklar bilan esa 27 iyulda bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com