Ronaldu: "39 yoshdaman va Xolanddek yosh sherlardan o'zib ketdim"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2024, 12:33
Krishtianu Ronaldu tanqidlardan kuch olishini aytdi.

"Bu men bosib o'tayotgan yo'lning bir qismi. 22 yildan beri professional futbolchiman va tanqidlar eng yaxshi o'yinchi, inson va ota bo'lishga yordam beradi.

Odamlar menga shubha bilan qarashini yaxshi ko'raman va ularga aksini isbotlayman. O'tgan mavsum qiyinchiliklar bo'ldi, ammo ularga duch kelganimdan xursandman, chunki ulardan kuch oldim.

O'tgan yil ajoyib o'tdi. Men yil to'purari bo'ldim. Xoland kabi yosh sherlardan o'zib kyetish qanday ekanligini tasavvur qilib ko'ring.

Bundan faxrlanaman. Tez orada 39ga kiraman va hali ham yaxshi formadaman" - deydi Ronaldu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: YouTube-канал Globe Soccer Awards