"Ronaldinyoni sotib yuboring, bugun ertalab mashg'ulotga o'z vaqtida keldi". Allegri "Milan" vice-prezidentiga nima degan edi?!

Tolibjon Qosimov
4 dek 2025
"Milan" klubining sobiq vice-prezidenti Adriano Galliani Ronaldinyo sabab Massimiliano Allegri bilan yuzaga suhbatlari haqida gapirib o'tdi.

"Allegri har kuni menga qo'ng'iroq qilib, Ronaldinyoning mashg'ulotga kech kelayotganidan, tungi hayotga berilib ketganidan va deyarli uxlamasligidan shikoyat qilardi.

Bir kuni u odatdagidan ham battar jahli chiqib qo'ng'iroq qildi. "Tamom, sabrim tugadi! Ronaldinyoni sotib yuboring, bugun ertalab mashg'ulotga o'z vaqtida keldi," - dedi.

Men tushunmay qoldim va so'radim: "Mashg'ulotga erta kelganining nimasi yomon? Axir siz xohlagan narsa shu emasmi?"

U esa javob berdi: "U vaqtida keldi… lekin to'g'ri tungi klubdan kelgan".


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/PurelyFootball