Ronaldinyo "Arsenal" futbolchisini Ronaldo bilan taqqosladi

Alisher
27 yanv 2020
PSJ, "Barselona" va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldinyo Gabriel Martielli haqida fikr bildirdi.

- Braziliyaliklar uni kelajakda nimalar kutayotganlaridan xursandlar. Iqtidorga ega bo'lish va 18 yoshida o'ziga bo'lgan ishonch.

U menga Ronaldoni eslatmoqda. U Yevropadagi birinchi mavsumida 30ta gol urgan edi va odamlar: "18 yoshli braziliyalik yigit kim bo'ldi?" deyishgan edi. U to'p bilan o'ynashni yoqtiradi va raqiblari tomon qo'rqmasdan yuguradi. 

Gabriel shunchaki to'p bilan bo'lishni va gollar urishni xohlaydi. Ronaldo dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan edi va Martinellida ham shunday imkoniyat bor", - deydi Ronaldinyo.

Gabriel Martinelli joriy mavsum "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Mirror