Ronald Arauxo "Barselona" bilan yana 6 yilga shartnoma imzolaydi

Omonjon To`xtamirzayev
23 yanv 2025
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo jamoa bilan yangi shartnoma imzolashga rozilik bildirdi.

Yangi kelishuv 2031 yil iyuniga qadar amal qiladi. Shartnoma yaqin soatlar ichida imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Arauxo 19 yoshidan buyon "Barselona" tizimida. Joriy mavsum 25 yoshli markaziy himoyachi barcha musobaqalarda 5 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma etkazib berdi. Urugvaylik futbolchi mavsumning katta qismini jarohat sabab o'tkazib yubordi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо