Romero: "MYUning ikkinchi darvozaboni bo'lganimdan afsuslanmayman"

Mirjalol Normatov
13 dek 2018
YCHL doirasida "Valensiya"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romero o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bilmadim bugun qanchalik yaxshi yoki yomon o'ynadik. O'yin davomida bosh murabbiyning aytganlarini bajarishga harakat qildik. Ammo biroz omadimiz kelmadi.

Yo'q, biz o'yinga jiddiy qaradik. Albatta, oldimizda "Liverpul"ga qarshi o'yin bor. Solishtiradigan bo'lsak, ushbu bahsning muhimlik darajasi bugungi o'yindan biroz balandroq. Shu boisdan tarkibda o'zgarishlar bo'ldi.

Umuman afsuslanmayman. Men buyuk jamoada o'ynayman. Asosiy darvozabon bo'lishga davo ham qilmaganman, bu borada murabbiyga murojaat bilan ham chiqmaganman. Futbolchi klubdan va murabbiydan ustun emas. Barcha ketadi, klub esa buyukligicha qoladi", - dedi Romero.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com