

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi vaqtda tomonlar o'rtasida hech qanday muzokaralar bo'lmagan.
Saloh mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etishini e'lon qilgandi. Misrlik hujumchi 2017 yildan beri mersisaydliklar safida o'ynamoqda. Shu davr mobaynida 33 yoshli vinger barcha turnirlarda 435 ta o'yin o'tkazib, 255 ta gol urdi va 122 ta golli pas berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha tuzilgan.



