Romano Abduqodir Husanovning transferi haqida yangi post qoldirdi

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2025, 19:48
"Lans"da to'p tepayotgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.

Biroz avval mashhur insayder Fabricio Romano Husanov transferiga oid yangi ma'lumotni e'lon qildi.

"Abduqodir Husanov bo'yicha "Manchester Siti" va "Lans" o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.

U "Man Siti"ning bo'lajak transferlari ro'yxatida eng yuqorida turibdi".


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano