Qaydnomadagi xatolik tufayli “Roma”ga texnik mag'lubiyat yozildi

Eldor Akmurzayev
22 sen 2020, 19:45
Italiya chempionati ilk turi doirasida o'tgan “Verona” – “Roma” bahsida nursiz durang (0:0) qayd etilgandi.

Mazkur o'yinda qatnashgan yarimhimoyachi Amadu Diavara 22 yoshdan kichik futbolchi sifatida qaydnomadan o'tgandi, ammo u 17 iyulda 23 yoshga to'lgan.

Bu esa “bo'rilar”ga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozilashiga asos bo'ldi.

"Roma" ushbu qaror yuzasidan appelyaciya berdi, ammo u rad etildi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: legaseriea.it