"Roma" "Real"ning sobiq futbolchisiga qiziqib qoldi

Mazkur futbolchi yozda erkin agentga aylanadi.

Ayni vaqtda "Valensiya" sharafini himoya qilayotgan Esekel Garay faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Corriere dello Sport" nashri xabar tarqatyapti. Rim klubi rahbariyati argentinalik  himoyachining jamoa mujofaa chizig'iga etishmayotgan barqarorlikni taminlay olishiga ishonadi.

Xabaringiz bor, yaqinda Garayda ham koronavirus alomatlari aniqlangani haqida xabar qilgandik. 

“Valensiya”da Garay bilan birga klubning yana 4 a'zosi koronavirusga chalingan

Joriy mavsum 23 o'yinda maydonga tushgan futbolchi 2009-2011 yillarda Madridning "Real" klubida faoliyat olib borgan edi.


Manba: Corriere dello Sport