"Roma" MYU futbolchisi uchun "Inter" bilan kurashadi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2017
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian Italiyaga qaytishi mumkin.

"Roma" 27 yoshli futbolchi uchun "Inter" bilan raqobatlashadi.

Rimliklar himoyachini ijaraga olib, kelasi mavsum transfer huquqini xarid qilmoqchi. Darmianning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi. Italiyalik 12 mln. evroga baholanmoqda.

Oldinroq italiyalik MYUda o'zini yaxshi his qilayotganini aytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport