"Roma" "Manchester Siti" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2024, 19:25
"Roma" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Serxio Gomesni transfer qilish shartlarini so'radi.

Qayd etilishicha, futbolchi yozda ingliz klubini tark etadi. Gomesning xizmatlariga "Real Sosedad" va "Betis" ham qiziqmoqda.

Ispaniyalik futbolchi 2022 yilning avgustida "Manchester Siti"ga ko'chib o'tgan. Gomes o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 15 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali 23 yoshli futbolchini 10 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph