"Roma" Jekoni 12 million evroga qo'yib yuborishni xohlamayapti

Alisher
20 iyul 2019
"Inter" "Roma" forvardi Edin Jekoga 12 million evro taklif qilmoqda.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

Rim klubini esa bu narx qoniqtirmayapti va "bo'rilar" uning transferidan 20 million evro ishlab olishmoqchi.

Jeko yakunlangan mavsum A Seriyada 33ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan.

Jeko faoliyati davomida "Roma"dan tashqari "Jeleznichar", "Teplice", "Usti-nad-Labem", "Volfsburg" va "Manchester Siti" klublarida to'p surgan.

Hujumchi 2007 yildan buyon Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi futbolchisi sanaladi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com