"Roma" argentinalik hujumchi bilan kelishib oldi

"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini A Seriyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Calciomercato nashrining ma'lum qilishicha, argentinalikning yangi klubi "Roma" bo'ladi. Ayni paytda rimliklar Eden Jeko o'rniga nomzod futbolchi izlash bilan band. 

"Bo'rilar" rahbariyati Gonsalo Iguain bilan kelishib olgan va yaqin vaqt ichida "Yuventus" bilan transfer masalasida bog'lanishadi.

31 yoshli forvard o'tgan mavsumni ikki klubda ijarada o'tkazdi. Dastlab "Milan"da (15 o'yin, 6 gol, 1 ta assist) mavsumni boshlagan Iguain mavsumning ikkinchi yarmida "Chelsi"da ko'rinish berdi (14 o'yin, 5 gol).


Manba: calciomercato.com