Rojers: "Futbolchilar 72 soatda to'liq tiklana olmaydi"

Mirjalol Normatov
28 dek 2021
"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers APL taqvimi haqida gapirdi.

26 dekabr kuni "Manchester Siti"ga qarshi o'ynagan "tulkilar" 28 dekabrda "Liverpul"ga qarshi o'ynaydi.

"Bu ahmoqona jadval. Barchamiz 72 soatda futbolchi to'liq tiklana olmasligini yaxshi bilamiz. Shu sababli seshanba kuni "Liverpul"ga qarshi o'ynash biz uchun ahmoqlikdek tuyulmoqda.

Undan tashqari, shu kichik vaqt mobaynida biz jismoniy yuklamali mashg'ulotlar qila olmaymiz, vaqtimiz faqatgina tiklanishga, videotaxlil qilishga ketadi", - dedi Rojers.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal