Rodrigo "Real"ning CHLdagi g'alabasi haqida: "Modrich Salahga qaradi va "Rahmat, keyingi safar urinib ko'r" dedi. Men esa kulib yubordim"

Alisher
17 iyun 2022
Rodrigo Goes Modrichning Chempionlar Ligasi finalida so'ng Muhammad Salahga aytgan gaplarini esladi.

O'yinchiga "Liverpul" vingeri bir necha bor 2018 yil Chempionlar Ligasi finalidagi mag'lubiyat uchun "Real"da qasos olishi haqida gapirdi. Parijda o'tgan o'yinda esa "Real" 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

"O'yin yakunlanganda, "Real" o'yinchilari yugurishdi [xursandchilik uchun].  "Liverpul" o'yinchilari yonimizdan o'tib ketishdi, Salah xafa edi va boshini quyi solgandi. Modrich unga qaradi va "Rahmat, keyingi safar urinib ko'r" dedi. Men esa kulib yubordim.

Bugungi kunda barchasi zerikarli. U bizni yomon yo'l bilan g'azablantirmadi, aksincha, bu qarama-qarshilikni yaxshiroq qildi. Agar shunday vaziyatlar bo'lmasa, barcha futbol ko'rishni to'xtatgan bo'lardi. Maydon tashqarisida ko'plab narsalar sodir bo'ladi. Provokaciya hamma joyda bor, futbol ham bundan istisno emas", – deydi Rodrigo.


AlisherMuallif
Manba: ESPN Brazil