Roberto Karlos futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

“Real”ning sobiq himoyachisi Roberto Karlos braziliyalik Ronaldoni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblashini aytdi.

“Ronaldo mashg'ulotlarda alohida ajralib turardi. Shubhasiz u eng kuchli futbolchi. Bunday futbolchi boshqa tug'ilmasa kerak. Na Neymar, na Krishtianu va na Messi u bilan tenglasha olmaydi. Ronaldo-betakror.

O'ylashimcha, bizning davrimizda gol urish qiyinroq edi. Hujum chizig'ida harakat qilayotganlarga himoyachilarga nisbatan ko'proq bosim bo'lardi. Ammo Ronaldo yo'q joydan vaziyat yaratib, maqsadiga erishardi.

U “Real”ga kelishidan oldin ham juda yaxshi o'yin namoyish etar, ammo ko'pchilik unga ishonmasdi. U ko'pchilikni hayratga solgandi. 80 ming tomoshabin uning maydondagi harakatlaridan zavqlanishani hamon yodimda”, dedi Roberto Karlos.


Manba: Goal.com