Robert Levandovski va Antuan Grizmann eng yaxshi - La Liga yakunlari

Omonjon To`xtamirzayev
5 iyun 2023
Robert Levandovski o'zi uchun debyut mavsumida La Liga to'purarlar ro'yxatida yetakchi bo'la oldi.

"Barselona" forvardi chempionatning 34 o'yinida 23 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi o'rinni "Real"dan ketayotgan Karim Benzema egalladi. Saudiya Arabistoniga yo'l olishi kutilayotgan futbolchi 24 o'yinda 19 ta gol urdi.

Eng ko'p golli uzatma "Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmann hisobida – 16 ta. Shuningdek, gol+pas tizimida ham fransiyalik yetakchi – 31 (15+16) ochko.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia