Grizmann yangi jamoasi bilan kelishuvga erishdi (Romano)

Khoja
23 mar 2026
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann yozda "Atletiko"ni tark etadi.

Bu haqda Fabricio Romano ma'lum qildi. Fransiyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanadi va MLS jamoasi "Orlando Siti" bilan shartnoma imzolaydi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, shartnoma ikki yilga mo'ljallangan bo'lib, 2026 yil yozidan kuchga kiradi. Grizmann yaqin kunlar Ichida barcha rasmiy ishlarni yakunlash va bitimning yakuniy tafsilotlarini kelishish uchun AQSHga jo'nashi kerak.

35 yoshli futbolchi joriy mavsum "Atletiko" safida jami 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 13 ta gol va 4 ta assist bor.


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano