"Manchester Siti" futbolchisi APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sherzod Nurmatov
13 mar 2026, 16:48
"Manchester Siti" vingeri Antuan Semeno fevral oyi yakunlariga ko'ra, APLning eng yaxshi futbolchisi sovriniga sazovor bo'ldi.

Bu haqda liga ijtimoiy tarmoqlarida xabar qilindi.

Semeno o'tgan oy 5 o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgandi.

Sovringa uning jamoadoshi Niko O'Rayli, Benyamin Sheshko ("Manchester Yunayted"), Viktor Gyokeresh ("Arsenal"), Dango Uattara ("Brentford") va Virjil van Deyk ("Liverpul") ham nomzod edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com