Robbi Kin: "Shvetsiyaga qarshi baxsga, huddi bu so'nggi o'yindek tayyorlanyapmiz"

Tolibjon Qosimov
6 sen 2013, 16:00
Irlandiya terma jamoasi hujumchisi Robbi Kin JCH-2014 saralash bosqichi doirasidagi Shvetsiyaga qarshi bugungi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qur'adan keyin biz Shvetsiya va Avstriya bilan JCH yo'llanmasi uchun kurashishimiz ma'lum bo'lgandi. Shuning uchun biz shvedlarga yutqazishga haqqimiz yo'q. Shu sababli ham bu o'yinga huddi u so'nggi o'yindek tayyorgarlik ko'ryapmiz", deya uning so'zlaridan Sky Sports iqtibos keltirmoqda. 

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Avstriya, Shvetsiya va Irlandiyada oltita o'yindan keyin 11 ochkolan bor.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru