

"Men Roberto Firmino bilan bo'lgan voqea haqida gaplashdim. Xudoga shukrki, buni darhol ko'rmadim. G'azablanganimda nima qilgan bo'lardim, bilmayman. Umid qilamanki, bu muxlisni topib, jazolashadi. Bu qolganlar uchun saboq bo'lishi kerak", – dedi Risharlison.
25 yoshli Risharlison joriy mavsum "Tottenxem" safida 8 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



