Ris Jeyms jarohat olib, Angliya terma jamoasini tark etdi
Aslanov Jasurbek
26 mar 2023, 00:51
Ris Jeyms jarohat tufayli Angliya terma jamoasi tasarrufini tark etdi.
"Chelsi" himoyachisi sonidan jarohat oldi va 29 mart kuni Ukrainaga qarshi bo'ladigan bahsda ishtirok eta olmaydi. Jarohat darajasi engil ekanligi aytilmoqda.
"Chelsi" 1 aprel kuni "Aston Villa" bilan, 4 aprelda esa "Liverpul" bilan o'ynaydi.