Rinat Dasaev: "O'zbekistonga Jahon chempionatida omad tilayman"

Mirjalol Normatov
14 avg 2025, 22:59
O'zbekiston va Rossiya faxriylari tarkibida bir qator sobiq yulduz futbolchilar harakat qildi.

Uchrashuvdan so'ng 1988 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan Rinat Dasaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Taassurotlar olam-olam. O'zbekistonga kelish, yaqin do'stlar bilan uchrashish xursand qildi. Qolaversa, mehmondo'st xalqingiz ham yoqimli tarzda qarshi oldi. Fursatdan foydalanib O'zbekistonga faqat yuqoriga intilishini va Jahon chempionatida omad tilab qolaman. 

"Paxtakor-79" tarkibida terma jamoa, Olimpia terma jamoasi futbolchilari bor edi. An, Fyodorov shular jumlasidan. Umuman o'zbek futboli doim yuqori darajada bo'lib kelgan. Bugungi o'yin orqali do'stlik aloqalarimiz yanada mustahkamlandi deya olaman",- deydi Dasaev.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia