Dasaev va Ponedelnik FIFA ordeni bilan taqdirlanadilar

Aziz Tukhtamuradov
27 fev 2014
Afsonaviy rossiyalik futbolchilar Viktor Ponedelnik va Rinat Dasaev yaqin kunlarda Xalqaro futbol federatsiyasi tomonidan maxsus orden bilan taqdirlanadilar.

Bu haqida Rossiya futbol uyushmasi raisi Nikolay Tolstix xabar bermoqda.  

Aytib o'tish joizki, futbol rivojiga sezilarli hissa qo'shgan mutaxassislar FIFA tomonidan bunday ordenga loyiq topiladilar.

Avvalroq bunday sovrin Pele, Stenli Metyus, Gerd Myuller, Bobbi Mur va Lev Yashin kabi afsonaviy futbolchilarga ham topshirilgan edi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sportbox.ru