

39 yoshli futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan xafa.
"Totti avvallari hurmat talab qilganmi? Men "Roma"da o'ynaganimda, buni sezmaganman. Biz futbolchilar uchun Totti maydonga tushgani yaxshi edi. Shundagina o'zimizga bo'lgan ishonch ortar edi. U hamma bilan teng ishlaydi. "Roma"ga kelishimdan oldin Totti haqida ko'p narsa bilar edim, ammo baribir u meni hayratlantira oldi. U juda xushmuomala, doimo xazillashadi va har qanday paytda iltimosga javob beradi. "Roma"ni qirolsiz tasavvur etish juda qiyin" - deydi Riise.



