Rifat Akramxo'jaev - “Lokomotiv“ U-18 jamoasi bosh murabbiyi

Mirjalol Normatov
13 fev 2020
O'tgan mavsumda “Lokomotiv“ U-21 jamoasi bilan klub tarixida ilk bor Yoshlar ligasida chempion bo'lgan Rifat Akramxo'jaev ushbu mavsumda U-18 jamoamizni boshqaradi.

Rifat Akramxo'jaevga murabbiylar shtabida yordamchi murabbiy Yuriy Vintovkin hamda darvozabonlar murabbiyi Anvar Jabborovlar yordam berishadi. Shu bilan birga Akramxo'jaev “Lokomotiv“ U-21 jamoasida Dilshod Nuralievga yordamchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.

O'tgan yillar davomida klubimizda bolalar futboliga bo'lgan e'tibor ancha oshdi va bunga tarbiyalanuvchilarimiz ham o'z g'alabalari bilan munosib javob qaytarishmoqda. Shu o'rinda aytish mumkinki, Rifat Akramxo'jaev boshqaruvidagi “Lokomotiv“ U-18 jamoamizga yangi mavsumda omad tilab qolamiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz