Riberi: "O'zimni yaxshi his qilyapman va "Ingolshtadt"ga qarshi bahsda o'ynamoqchiman"
Aslanov Jasurbek
26 noya 2015, 11:41
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi o'zini yaxshi his qilayotganini va bor kuchi bilan mashg'ulotlarda ishtirok etayotganini aytdi.
"O'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Mashg'ulotlarda to'p bilan bog'liq barcha mashqlarni bajaryapman. "Ingolshtadt"ga qarshi bahsda ishtirok etishga harakat qilaman" - deydi Riberi.