Riberi ikki bor qanot hakamini itarib yubordi. Uni uzoq diskvalifikaciya kutmoqda

Alisher
28 okt 2019
"Fiorentina" hujumchisi Frank Riberini uzoq taqiq kutmoqda.

Futbolchi A Seriya 9-tur doirasidagi "Lacio" (1:2)ga qarshi o'yinda yon hakamni ikki bor itarib yuborgani uchun diskvalifikaciya kutmoqda.

Fransiyalik o'yinning 75-daqiqasida almashtirilgan edi, ammo final hushtagi chalinganidan so'ng hakamga nisbatan qilgan qo'polligi uchun qizil kartochka olgan edi.

Florenciyaliklar 89-daqiqadagi penalti sabab "Lacio"ga imkoniyatni boy berishdi.

Eslatib o'tamiz, 36 yoshli Riberi joriy mavsum A Seriyada 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail