Reshford co'nggi uchrashuvlarda ajoyib mahsuldorlik namoyish qilmoqda

Aslanov Jasurbek
31 okt 2019, 15:02
"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Markus Reshford Angliya liga kubogi doirasidagi uchrashuvda "Chelsi" darvozasini 2 bor ishg'ol qildi.

Shu tariqa, 22 yoshli angliyalik hujumchi klub va terma jamoa miqyosidagi so'nggi 5 uchrashuvda o'zining 4 va 5-gollarini kiritdi.

Eslatib o'tamiz, Markus Reshford "qizil iblislar" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2016 yildan buyon asosiy jamoa safida to'p surib kelmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia