

Oldinroq "REN TV" Tarasov bilan telefon orqali bog'langan va futbolchi Kot-d’Ivuarga qarshi bahsdan (0:2) so'ng, Rossiya terma jamoasi futbolchilarini "omadsiz" va "latta" deb atab, quyidagicha qo'shimcha qilgan: "Rossiya umuman o'ynashni bilmaydi. Jamoa yaxshi o'ynashi uchun muxlislar unga ta’sir o'tkazishi kerak".
Keyinroq Tarasov ushbu ma'lumot yolg'onligini va telekanal kechirim so'rashini talab qilgan.
"REN TV jurnalistlari Kot-d’Ivuarga qarshi bahs borasida fikr olish maqsadida avval ham shu raqamdan javob bergan Dmitriy Tarasovga qo'ng'iroq qilishdi. Oldinroq jurnalistlar aynan shu raqamga qo'ng'iroq qilib, boshqa narsa haqida undan ma'lumot olishgan edi" - deyiladi telekanal rasmiy saytida.



