

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, rossiyalik futbolchi shartnomani bir tomonlama bekor qilish bandini ishga tushirgan.
Ma'lumot uchun, 27 yoshli yarim himoyachi o'tgan yilning yozida "Surxon"dan Samarqandga ko'chib o'tgandi. U yakunlangan mavsumda Superligada 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 tadan gol va assist qayd etgandi.



