Regilon Fransiyaga yo'l olishi mumkin

Alisher Ostonov
1 iyun 2025
Londonning "Tottenxem" klubi sobiq himoyachisi Serxio Regilon Fransiya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

28 yoshli futbolchini "Monako" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Monegasklar futbolchining vakillari bilan ehtimoliy transfer bo'yicha muzokaralarni boshladi.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi "Tottenxem" safida 2020 yilning sentyabr oyidan buyon o'ynamoqda. Uning transfer narxi olti million evroga baholanmoqda.

Regilon Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumida to'rtta o'yin o'tkazib, ikkita sariq kartochka oldi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: L'equipe