Rebrov: “Ronaldu biz bilan o'ynaydi degan umiddaman”

Eldor Akmurzayev
3 noya 2020, 19:20
“Ferencvarosh” ustozi Sergey Rebrov YCHL 3-turi doirasida ertaga bo'lib o'tadigan “Yuventus”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Barcha o'zini Messi va Ronaldu kabi o'yinchilarga qarshi bahslarda sinab ko'rishni istaydi, shu sabab Krishtianu maydonga tushadi deb umid qilaman. Futbolchilarim uchrashuvga tayyor, kuchli tomonlarimizni bilamiz. “Yuventus”da ajoyib tarkib borligi aniq. Ronaldu, Dibala, Morata – dunyoning eng yaxshi futbolchilari. Biroq, “Yuventus” shunchaki mashhur nomlar yig'indisi emas, ular bir jamoa bo'lib harakat qiladi.

Pirlo? U dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lgan va murabbiy sifatida futbolga yangi g'oyalarni olib kirmoqda. Uning kelajagi porloq”, deydi Rebrov.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA