“Real”ning keyingi mavsum uchun uy libosining potencial ko'rinishi paydo bo'ldi

Eldor Akmurzayev
18 iyul 2020
Yangi futbol formalari haqida ma'lumot berib boruvchi Footy Headlines portali bu haqda ma'lum qilgan.

Unga ko'ra, “Real”ning 2020/21 yilgi mavsum uchun asosiy libosi odatdagidek oq rangda bo'ladi va yon tomoniga pushti vertikal chiziqlar tushiriladi.

Aytish joizki, mayda ham “qirollik klubi”ning yangi mavsum uchun asosiy libosining tahminiy ko'rinishi paydo bo'lgan va uning engida pushti-qora chiziqlar bo'lib, libosda nuqtali rangsiz naqshlar tushirilgandi. Rasmiy versiyada bunday dizayn yo'q. 

“Real” faqatgina bir bor (2014/15 yilgi mavsum) asosiy libosida pushti elementlardan foydalangan edi. Madridliklarning texnik homiysi esa Adidas hisoblanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Footy Headlines