"Real"ning yana ikki futbolchisi jarohat oldi

Omonjon To`xtamirzayev
3 sen 2024, 20:05
Jarohatlar tufayli Karlo Anchelottining boshi shundoq ham og'riyotganida, yana bir futbolchi safdan chiqdi.

Kuni-kecha Dani Sebalos jarohat olgani va 6-8 haftaga safdan chiqqani ma'lum qilingandi. Bugun esa Mendi va Tchuameni Fransiya terma jamoasi lagerini tark etishdi. 

Ferlan faqatgina to'pig'ida og'riq his qilgani uchun Madridga qaytgan bo'lsa, Orelen chap oyog'idan jarohat olgan. 

Shu o'rinda Eduardo Kamavinga ham lazaretdaligini eslatib o'tish lozim. Tchuameni esa o'tgan mavsumning oxirgi qismida aynan chap oyog'idagi jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmagan va "Uembli"dagi finalni o'tkazib yuborgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS