"Real"ning sobiq futbolchisi giyohvand moddalar savdosi vaqtida hibsga olingan

12 may 2020, 22:36
Kolumbiya terma jamoasi sobiq a'zosi Edvin Kongo Ispaniyada policiya tomonidan giyohvandlikka qarshi o'tkazilgan operciya jarayonida hibsga olingan, deb xabar berdi El Desmarque. Sobiq hujumchi bilan birga yana 9 kishi qo'lga olingani aytildi.

Qo'lga olinganlar kokain kontrabandasi bilan shug'ullanganlikda gumon qilinmoqda. Kongo esa guvohlik bergach hibsdan ozod qilingan. 

Ma'lumot uchun, 43 yoshli Kongo  1999-2002 yillarda Madridning "Real" klubi futbolchisi hisoblangan. Faoliyati davomida Ispaniyaning "Sporting" "Levante" va "Valyadolid" klublari sharafini himoya qilgan.


Manba: El Desmarque