"Real"ning La Ligadagi so'nggi o'yini Teylor Sviftning koncerti sabab ko'chiriladi. Qo'shiqchi 29 va 30 mayda "Bernabeu"da ishtirok etadi

Alisher
27 fev 2024
Mayda "Santyago Bernabeu"da Teylor Sviftning ikki koncerti bo'lib o'tadi.

Oldinroq, "Real"ning qo'shiqchining ishtiroki sabab stadionni tayyorlash uchun "Betis"ga qarshi La Liga 38-tur doirasidagi bahsni ko'chirishni so'ragani ma'lum bo'lgan edi.

La Liga o'yinni 26dan 25 mayga ko'chirishga ruxsat berdi.

29 va 30 mayda "Santyago Bernabeu"da Teylor Sviftning ikkita koncerti bo'lib o'tadi. Hozirda qo'shiqchining Madriddagi ishtiroki uchun chiptalar xarid qilish uchun arizalar soni 450 mingdan oshdi.

Teylor tur davomida Yevropaning ko'plab katta stadionlari, jumladan "Enfild" va "Uembli"da ishtirok etadi.


AlisherMuallif
Manba: Relevo