"Real"ning asosiy futbolchilaridan biri terma jamoasi safida jarohat oldi

Khoja
13 noya 2025
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Fransiya terma jamoasida jarohat oldi.

23 yoshli futbolchi "uch ranglilar" mashg'ulotlarini o'tkazib yuborgan. Jurnalist Fabris Xokinsning xabariga ko'ra, yarim himoyachi tizzasidan jarohat olgan va Ukrainaga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2026 saralash o'yinida maydonga tusha olmaydi. Dide Desham Kavaminganing o'rniga terma jamoaga "Yuventus" futbolchisi Kefren Tyuramni chaqirdi. 

Hozircha Edurardoning jarohati haqida aniq ma'lumot berilmagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com